O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Rasmiy maʼlumot: Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda ichki ishlar vaziridan yordam soʼragan blogerlarning uyi tintuv qilindi” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqola yuzasidan.

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan fuqaro Raxmatov Xusniddinning tan-jarohati olganligi holati yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oʼrtacha ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi IIV huzuridagi Tergov departamentining tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan boʼlib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Jinoyat ishi boʼyicha komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan boʼlib, uni oʼtkazish Respublika sud-tibbiy ilmiy amaliy markazi mutaxasislariga topshirilgan.

Jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergovning har tomonlama, toʼla va xolisona oʼtkazilishi ustidan Tergov departamenti tomonidan nazorat oʼrnatilgan boʼlib, tomonlarning vajlari tegishli ekspеrtiza va boshqa tergov harakatlarini oʼtkazish yoʼli bilan toʼliq tekshirilishi hamda tergov yakuniga koʼra qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech