O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoshlar kuni muborak!

Qadrli oʼquvchi yoshlar va talabalar, yosh mutaxasis va tadqiqotshunos, muhandis va ishchilar, ishlab chiqaruvchi va ish boshqaruvchilar, siyosatshunos va jamoat faollari – faqatgina oʼzingiz tugʼilib oʼsgan viloyatning kelajagi emas balki butun Oʼzbekistonimizning kelajagi ham Sizning qoʼlingizda. Bugun, aynan Yoshlar kunida shuni alohida taʼkidlash joizki, Siz hozirgi zamon talablariga mos ravishda kasbiy va ijodiy salohiyatingizni yaqqol namoyon qilib, ildam qadamlar tashlamoqdasiz, ilm-fan, biznesda dastlabki yutuqlaringizni qoʼlga kiritmoqdasiz, sport, jamoatchilik va ijtimoiy sohalardagi loyihalarni hayotingizga muvoffaqiyatli tadbiq etib kelmoqdasiz. Biz Sizlar bilan faxrlanamiz!

Bizning yoshlar koʼp asrlik anʼana va qadriyatlarga boy madaniy hamda buyuk tarixga ega yurtda kamol topishgan, oʼqing, izlaning, mehnat qiling va faqat oldinga qarab iltilinglar, Аziz yoshlar.

Biz Sizlarni ajdodlarimizning anʼana va qadriyatlarini saqlab qolgan holda ona yurtimizning gullab-yashnashi uchun bor kuch va gʼayratingizni safarbar qilishingizga ishonamiz.

Butun yoshlik – bu orzu umidlar vaqti, oʼzining hayot yoʼlini topish vaqti, butun dunyoni gʼoyalar va yutuqlar bilan hayratga solish vaqtidir.

Biz kattalar bugungi shahrimiz va butun Oʼzbekistonimizning kelajagi boʼlgan zamonaviy yoshlarimiz bilan faxrlanamiz. Kimki, yoshligidan maqsadga erishish yoʼlida xato va kamchiliklardan qoʼrqmasdan, toʼsiqlardan mardonavor oʼta olsa mana shuni haqiqiy yoshlik desa boʼladi. Orzu qiling va hayotda shu orzularingizni roʼyobga chiqaring. Faqatgina yoshlikdagina, eng noyob gʼoyalar hayotda amalga oshishi mumkin. Oʼz hayotingiz va yurtimiz kelajagi Sizning xohish istaklaringizni amalga oshirishda aql va zakovatingizni ishga solish yoʼlidagi tashabbusingiz, gʼayrat va shijoatingizga bogʼliq.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech