O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2020 yilning 15 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi hamda Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari tergov va ekspert-kriminalistika bo‘linmalarining faoliyati bo‘yicha 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Alimov Zafar Qodirjonovich ochib berib, bugungi kunda Ichki ishlar organlari tizimida, shu jumladan, tergov va ekspert-kriminalistika xizmatida tub islohotlar amalga oshirilib, xodimlarga yetarli shart-sharoitlar yaratish, xodimlarni ijtimoiy himoyalash hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilayotganligini, shu sababli har bir tergov va surishtiruv xodimlari ish yurituvidagi jinoyat ishlarini sinchkovlik bilan o‘rganib, qonun ustuvorligini ta'minlash, adolat, halollik hamda insonparvarlik tamoyillariga qat'iy rioya etishlari zarurligini, rahbar xodimlar qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibi ustidan nazoratni kuchaytirib, ustoz-shogird an'analarini davob ettirib, xizmat burchiga sidqidildan yondashib kelayotgan xodimlarni rag‘batlantirishga alohida etibor qaratish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, jinoyatchilikni oldini olish, el-yurt osoyishtaligini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashda xizmat burchiga sidqidildan yondashib kelayotgan tergov va ekspert-kriminalistika bo‘linmalarining bir gurux xodimlariga Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan minnatdorchilik e'lon qilindi.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni sifatli tergov qilib, yuqori ko‘rsatgichlarga erishgan hamda hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, jinoyat ishlarini na'munali tergov qilib kelayotgan bir guruh xodimlar hamda hisobot davrida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan Mirobod, Olmazor, Uchtepa hamda Bektemir tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tergov bo‘linmalari jamoalariga Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining farmoyishi bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yig‘ilish yakunida Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Z.Q.Alimov kelgusida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining burchi deb bilishi hamda xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy rioya etishi zururligini ta'kidlab, barcha xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech