O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taxtako‘pir yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021 yil 12 may kuni, Taxtako‘pir tumani 17-sonli bolalar musiqa maktabi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi boshlig‘i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari adliya maslahatchisi Q.Bekmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tuman barcha sektor rahbarlari tomonidan, Taxtako‘pir yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar bilan uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “Mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga” bag‘ishlangan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallalarda ishlarni “mahallabay” tashkil etib, “yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirganlariga amaliy yordamlar ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

Yoshlar bilan uchrashuv davomida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.Raxmatullayev tomonidan bir nechta yoshlarning murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, ularning “Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilishda amaliy yordam berish va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi bir oylik xizmat  yig‘ini o‘tashi uchun badal pullarini to‘lab berilishiga ko‘maklashish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda, yoshlarning murojaat va takliflari qabul qilinib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech