O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘tgan 2021 yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.    

Mazkur yig‘ilish davomida o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalariga IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakovning tashakkurnomalari va esdalik qo‘l soatlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, yana bir qator namunali xodimlar Andijon viloyati IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan esdalik qo‘l soatlari , planshet qurilmalari, pul mukofotlari hamda tashakkurnomalar  bilan munosib taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech