Buxoro viloyatida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan 16.02.2021 yilda Buxoro shahar Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar mazmunan tahlil qilinganida: 2 tasi jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni undirilishida amaliy yordam berish, 2 tasi qo‘llanilgan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasini ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasiga o‘zgartirish, 4 ta murojaat jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy yengillik berish, 1 ta murojaat eʼlon qilingan ayblovni o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish, 3 ta murojaat qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bo‘yicha yaqin qarindoshlariga uchrashuv berish masalasida ekanligi aniqlandi.
Murojaatlarning 7 tasi joyida hal qilindi, 5 ta murojaat yurituvga olinib, tekshirib ko‘rish maqsadida xodimlarga topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti