O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev rahbarligida, 2021 yil 16 fevral kuni Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik E.Ya.Ubaydullayev, katta tergovchi katta leytenant A.X.Nurillayev va Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i kapitan O.Sh.Jalalovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (biometrik pasport berish, propiskaga qo‘yish va propiskadan chiqarish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 8 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan:

  -1 nafari yozgan arizasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha turmush o‘rtog‘iga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llashda amaliy yordam berish masalasida,

  -2 nafari muqaddam pullarni undirish masalasida yozgan arizalari yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, hozirda tergov harakatlari olib borilayotganligi, biroq hozirga qadar zarar qaytarilmaganligini bildirib, pullarini undirishda amaliy yordam berish  masalasida,

  -1 nafari muqaddam qilgan murojaatlari yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yarashuv bilan sudga yuborilganligini bildirib, Tergov bo‘limiga o‘z minnatdorliklarini bildirish masalasida;

  -2 nafari muqaddam tan jarohati yuzasidan qilgan murojaatlari  Uchqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan ko‘rib chiqilib, aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilmaganligidan noroziligini bildirib,  aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berish masalasida, 

  -1 nafari qizining pasporti yo‘qolganligini bayon qilib, pasportini qayta tiklashda amaliy yordam berish masalasida;

  -1 nafari o‘g‘liga nisbatan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilganligini bayon qilib,  ehtiyot chorasini o‘zgartirishda amaliy yordam berish masalasida; 

Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilib qanoatlantirildi, 2 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 2 tasi bo‘yicha arizalar olinib tekshirilmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech