O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov rahbarligida Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 18.02.2021 yilda Uchquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi mayor X.Abdumurodovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Uchquduq tumani Xalq qabulxonasida Uchquduq tumanida yashovchi fuqarolar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (pasport olishda jarimalarni kamaytirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 12 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan:

-1 nafari akasiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tanlangan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llashda amaliy yordam berish masalasida,

-5 nafari tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan “firibgarlik” holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ularga yetkazilgan moddiy zararni undirilmaganligi sababli moddiy zararni undirishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida,

-2 nafari pasport bo‘yicha jarima miqdorini kamaytirish masalasida,   

-3 nafari tuman IIB YXXG YPX inspektorlari tomonidan qo‘llanilayotgan jarima miqdorini kamaytirish masalasida,

-1 nafari uning arizasi bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TG tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasida, 

Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilib qanoatlantirildi, 8 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi va ijrolari nazoratga olindi.

Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

 

Text to speech