O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

IIVda YEIning Inson huquqlari boʻyicha maxsus vakili I.Gilmor bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 18-aprel kuni IIVda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Ya.Abdulxakov va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Ya. Abdulxakov soʻnggi yillarda Prezident Sh. Mirziyoyev boshchiligida tizimda amalga oshirilgan islohotlar toʻgʻrisida taqdimot shaklida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

YEI maxsus vakili I. Gilmor Oʻzbekistonda barcha sohalarda, jumladan, inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni eʼtirof etib, Yevropa Ittifoqi mazkur islohotlarni qoʻlab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi bilan Oʻzbekiston vazirlik-idoralari hamkorligida amalga oshirilayotgan tadbirlarga Oʻzbekiston tomonidan alohida ahamiyat berilishidan mamnunligini taʼkidladi.

“Mehr” tadbiri xususida fikr bildirgan I.Gilmor Suriya, Iroq va Afgʻoniston kabi harbiy mojarolar hududlaridan fuqarolarini qaytarish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, mehmonlar Oʻzbekistonda ayollar huquqlarini taʼminlash borasidagi islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalar ekan, oilaviy zoʻravonlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinganligining muhim jihatlarini eʼtirof etdi.

YEIning inson huquqlari boʻyicha vakili Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy qabul qilishini va uchrashuv davomida koʻtarilgan masala va yoʻnalishlar boʻyicha konstruktiv muloqotni davom ettirish va rivojlantirishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

Text to speech