O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda

Joriy yilning 10 dekabr kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan Chortoq tuman Xalq qabulxonasida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 13 nafar fuqarolardan umumiy 7 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 3 tasi joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha mutassaddi xodimlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi va 2 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi.

Shu bilan birga qabul jarayonida 4 nafar 16 yoshga to‘lgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

----------------------------------------------------------------------------------------------------------------

Жорий йилнинг 10 декабрь куни Наманган вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Тергов бошқармаси бошлиғи подполковник Т.М.Мустафаев томонидан Чортоқ туман Халқ қабулхонасида туман аҳолиси иштирокида сайёр қабул ўтказилди.

Қабул жараёнида жами 13 нафар фуқаролардан умумий 7 та мурожаатлар келиб тушган бўлиб, улардан 3 таси жойида қаноатлантирилди, 2 нафар фуқароларнинг мурожаатлари бўйича мутассадди ходимларга кўрсатмалар берилиб, ижроси назоратга олинди ва 2 та мурожаат бўйича тушунтириш берилди.

Шу билан бирга қабул жараёнида 4 нафар 16 ёшга тўлган ёшларга Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик паспортлари тантанали равишда топширилди.

Ҳозирда тасдиқланган режа асосида Наманган вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари подполковник Т.М.Мустафаев томонидан вилоятнинг барча шаҳар ва туманларида сайёр қабуллар ўтказилиши давом этмоқда.

 Ўзбекистон Республикаси ИИВ ҳузуридаги Тергов департаменти

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech