Namangan viloyati Norin tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Tasdiqlangan jadvalga asosan Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan 2021 yil 23 fevral kuni soat 10:00 dan soat 13:00 gacha Norin tuman Xalq qabulxonada Norin tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (biometrik pasport berish, propiskaga qo‘yish va propiskadan chiqarish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda jami 8 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan:-
- 1 nafari sotib olgan avtomashinasini jarimalarini oldingi egasidan undirib berishda amaliy yordam berish masalasida,
- 4 nafari Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishida amaliy yordam berish masalasida,
- 3 nafari yozgan arizalari yuzasidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishda va pullarini undirishda amaliy yordam berish masalasidagi og‘zaki murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi,
2 tasi bo‘yicha arizasi olinib ijroga qaratildi, 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi va 1 tasi tegishliligi bo‘yicha yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti