O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Joylarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ya.A.Abdulxakov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi, Xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Xo‘jaobod tumani Tibbiyot kolleji o‘quvchilari bilan “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar aks ettirilgan videoroliklar namoyish qilinib, jinoyatlarning sabablari va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarning tub mohiyati tushuntirib yetkazildi. Sodir etilgan jinoyatlarning oqibatlari hamda bunday salbiy holatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan ijobiy ishlarning natijalari xaqida ma'lumotlar berib o‘tildi.

O‘qish davrida o‘zlarini namunali xulqi va bilim saviyasi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.
Uchrashuv qizg‘in savol-javob va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Bu boradagi tashkiliy-tadbirlar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech