Poytaxt Tergov boshqarmasi xodimlari "Аbdulla Qodiriy" muzeyiga tashrif buyurishdi
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy qoʼllab quvvatlash va madaniy-maʼrifiy dam olishlarini tashkillashtirish maqsadida, 2020 yilning 21 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan Tergov boshqarmasi hamda Ekspert-kriminalistika markazi shaxsiy tarkibi oʼzbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Аbdulla Qodiriy muzeyiga tashrif buyurdi.
Tashrif chogʼida Tergov boshqarmasi hamda Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari avvalo adibning hayoti, bosib oʼtgan yoʼllari va yaratgan asarlari toʼgʼrisida muhim maʼlumotlarga ega boʼlib, muzeyda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, xodimlar Аbdulla Qodiriy muzeyiga tashrif davomida u yerda ochilgan “Turon” kutubxonasiga ham tashrif buyurib, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdilar.Hamda muzey va kutubxona xodimlaridan, oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, katta taasurotlarga ega boʼldilar.
Ushbu yoʼnalishdagi ishlar Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan doimiy tarzda davom ettirilishi nazoratga olingan.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti