O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xalqaro bolalar istaklari amalga oshadigan kun va raqs kuni!

Xalqaro bolalar istaklari amalga oshadigan kun – har yili 29 aprelda nishonlanadigan mo‘'jizaviy bayram hisoblanadi. U 1980 yilda Amerikaning “Make-A-Wish” xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u juda mas'uliyatli va xayrli ishni – ya'ni o‘limga olib keluvchi kasalliklardan aziyat chekayotgan bolalarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Jamg‘arma ta'sischilari, shuningdek, 30.000 nafardan ortiq ko‘ngillilar, har qanday vaqtda hayoti tugashi mumkin bo‘lgan bolalarning xohish-istaklarini bajaradilar. Ushbu ajoyib insoniy va rahm-shavqatli bayram 4 yoshli Kris Greichus bilan sodir bo‘lgan noyob hodisadan kelib chiqqan.

Bola jiddiy qon kasalligi – “leykemiya” bilan og‘riydi, ammo afsuski uni hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. U kelajakda polisiyachi bo‘lishni juda orzu qilar edi va uning umri tugashiga bir necha kun qolgandi xolos. Shunda Tommi Ostin ismli bojxona xodimi bolaga haqiqiy bayram tuhfa qilishni va agarda astoydil ishonsangiz mo‘'jizalar hayotda ham sodir bo‘lishini isbotlashga qaror qildi. U hamkasblari yordamida unutilmas sarguzashtni uyushtirdi: kichkina Kris maxsus o‘zining o‘lchamida tikilgan ofiser formasini kiydi, bolalar motosiklida xizmatga chiqdi, vertolyotda uchdi va hattoki unga Arizona shtatining polisiyachisi maxsus unvoni berildi. Shu tariqa bolakayning orzusi bir necha soatlar bo‘lsa ham ro‘yobga chiqdi.

Bunday ajoyib voqea har bir bola bilan sodir bo‘lishi mumkin, chunki bu dunyoda birovning dardini his qiladigan yaxshi va xushmuomala insonlar ko‘plab topiladi. Bolalar orzularini ro‘yobga chiqarish kunida o‘z farzandingiz uchun ham, qolaversa klinikalarda yotgan davosi yo‘q kasalliklarga chalingan bolakaylar va yetim bolalar uchun ham ijobiy his-tuyg‘ularga limmo-lim haqiqiy marosim o‘tkazishingiz mumkin, buning uchun birgina xohish istak bo‘lsa bas.

Raqs- bu harakat, harakat - bu hayot!

Raqs insonga amalga oshmaydigan his-tuyg‘ulardan voz kechish imkonini berib, ulardan ozod qiladi hamda quvonch va qoniqish hissini beruvchi sof va yorqin energiya taqdim etadi.
Shu tariqa har yili 29 aprel' kuni butun dunyo bo‘ylab Xalqaro raqs kuni nishonlanadi. (International Dance Day).

Raqsning barcha uslublariga bag‘ishlangan ushbu bayram 1982 yildan beri “YUNESKO”ning Xalqaro raqs kengashi (CID) tashabbusi bilan, xoreografiya san'atining islohotchisi va nazariyotchisi bo‘lgan tarixga “zamonaviy baletning otasi” nomi bilan kirgan fransuz xoreografi Jan-Georges Novere (Jean-Georges Noverre)ning tug‘ilgan kunidan boshlab nishonlana boshlandi.

Keling, ushbu ajobiy bayram bilan ushbu soha vakillarini barchalarini tabriklaymiz va ularga kelgusi ishlarida omadlar tilaymiz.
Hozirgi karantin davrida, belgilangan qoidalar va ahloq-odob normalari doirasida, biz farzandlarimizning istaklarini imkon qadar amalga oshiramiz va bu kunni kamtarona raqslar bilan har ikki bayramni oila davrasida nishonlaymiz.

(Ma'lumotlar erkin manbadan olindi.)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech