O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bugun! 9 aprelь kuni Oʼzbekistonda davlat va harbiy arbob Аmir Temurning tavalludining 685 yilligi nishonlanadi

Аmir Temur (1336-1405) – Oʼrta Osiyoning buyuk hukmdori va sarkardasi. Аmir Temur 1336 yil 9 aprelda Kesh (zamonaviy Shahrisabz) yaqinidagi Xoʼja Ilgʼor qishlogʼida asilzodalar oilasida tugʼilgan. Temurning otasi Muhammad Taragʼay Barlos urugʼining Movarounnaxrdagi juda mashhur va obroʼli oilasidan boʼlgan.

Аmir Temur davlatni oʼttiz besh yil davomida boshqargan. Oʼtgan yillar davomida u koʼplab harbiy yurishlarni amalga oshirib, yirik janglarda gʼalaba qozongan va koʼplab mamlakatlarni zabt etdi. Chegaralari Xitoy va Hindistondan Kaspiy dengizgacha, Orol dengizidan Fors koʼrfazigacha boʼlgan ulkan imperiyani yaratdi.

Temur avlodlariga meros sifatida nafaqat ulkan qudratni, balki mamlakatni boshqarishda koʼrsatmalar ham qoldirgan. "Temur tuzuklari" -dono hukmdor tomonidan yozilgan qimmatli tarixiy hujjatning nomi. U ikki qismdan iborat boʼlib, birinchi qismida ulugʼ amirning avtobiografiyasi, harbiy yurishlari tavsiflangan boʼlsa ikkinchi qismida esa jamiyat aʼzolarining xulq-atvor qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari aniq yozilgan qonunlar toʼplamidir. Ushbu qonunlar davlatdagi har bir kishiga, oddiy fuqarolardan tortib, amaldorlar va hukmdorlargacha taalluqli boʼlgan.

Text to speech