“Playstation” o‘g‘risi ushlandi, tergov olib borilmoqda.
Namangan. 2019 yilning 24 yanvar' kunidan 30 yanvarga o‘tar kechasi 31 yoshli Z.S. Uychi tuman “Beruniy” mahallasida joylashgan komp'yuter o‘yinlari xonasidan 5 dona “Playstation” apparatini yashirin ravishda qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 18 yoshli J.F. sodir etganligi aniqlanib, undan 4 dona “Playstation” apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va J.F. ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti