O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

16 ming AQSH dollarini bukmekkerlik saytida yutqazib yuborgan firibgar

Samarqand viloyati. 2021 yil may oyining oxirlarida 26 yoshli S.Feruz 28 yoshli tanishi X.Sherzodning ishonchiga kirib, unga salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanish va foyda ko‘rishlikni taklif qilib, jami16 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganidan so‘ng, ushbu pullarni “1xbet” bukmekkerlik saytida mavjud o‘yinlarga tikib, yutqazib qo‘yganligi hamda bugungi kunga qadar X.Sherzodning pullarini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligini aniqlangan.

Bundan tashqari, S.Feruz joriy yilning may oyida tanishi T.Jamshidga tegishli “Damas” rusumli avtomashinani pullarini bo‘lib to‘lab berish sharti bilan 9 000 AQSH dollariga xarid qilib, avtomashinani biroz muddat boshqarib, 2021 yilning iyul oyi boshida, boshqa shaxsga avtomashina o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, 6 200 AQSH dollariga sotib, pullarini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan S.Feruzga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

 

Muallif: Tergov departamenti UMIB tergovchisi

mayor Xabibullayev Azizbek

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech