Ammasining qizini himoya qilaman degan yigit 3 nafar zo‘ravon tomonidan kaltaklandi
Toshkent viloyati. 19 yoshli Husniddin O., fuqaro Jamshidbek I.,ning ammasining qiziga gapirganligi sababli, 2020 yilning 17 noyabr kuni o‘zaro janjallashgan vaqtida, Jamshidbek I., fuqaro Husniddin O.,ning yuziga tarsaki tushurganligi sababli, 2020 yilning 18 noyabr kuni soat 13:00 da, Husniddin O., o‘zining qarindoshlari 21 yoshli Zuxriddin O., va 18 yoshli Baxtiyor A., lar bilan birga o‘ch olish maqsadida, Angren shahar, Ibn Sino mahallasida joylashgan “Nur” to‘yxonasining orqa qismida, tanishi 18 yoshli Jamshidbek I., bilan o‘zaro janjallashgan vaqtida, Husniddin O., Zuxriddin O., va Baxtiyor A., lar qo‘l-oyoqlari bilan Jamshidbek I.,ni tanasining turli joylariga urib tepib tan jarohati yetkazganlar.
Natijada Jamshidbek I., tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Jamshidbek I., “og‘ir” tan jarohati olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Husniddin O., Zuxriddin O., va Baxtiyor A., lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti