O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tosh bilan eshik qulfini buzib ochib, oʼgʼirlik sodir etgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 30 sentyabrь kunidan 01 oktyabrь kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Ohangaron shahar, Iloq MFYda joylashgan koʼp qavatli uylarning biridagi xonadon kirish eshigi qulfini buzish yoʼli bilan xonadonga gʼayriqonuniy ravishda kirib, mazkur xonadon egasi 35 yoshli А.T.,ga tegishli boʼlgan jami 8200 АQSh dollari miqdoridagi naqd pullari va umumiy qiymati 17.000.000 soʼmlik ikki dona ayollar tilla zanjiri hamda bir dona erkaklar tilla uzugini yashirin ravishda talon-toroj qilib, xonadon egasi А.T.,ga jami 101.633.922 soʼm yaьni koʼp miqdorda moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (oʼgʼirlik, koʼp miqdorda sodir etilgan boʼlsa) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 25 yoshli I.X., sodir etilganligi, u spirtli ichimlik taьsirida mast holda boʼla turib, yonida boʼlgan tosh bilan xonadon kirish eshigi qulfini urib sindirganligi aniqlanib, undan 1300 АQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tergov jarayonida I.X., JKning 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech