Baliqlar uchun 165 mln. so‘mlik yemlar
Toshkent viloyati. 2021 yilning 03 avgust kuni 53 yoshli A.K. o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida 48 yoshli S.A.,ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan yem ishlab chiqarish korxonasidan aldov yo‘li bilan jami bahosi 165.000.000 so‘mlik 30 tonna baliq uchun mo‘ljallangan yem mahsulotlarini pulini sentyabr oyi oxirida berishni vaʼda qilib olib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan aldab kelayotganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti