O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

"Hech sababsiz janjal – axmoqlikning bir belgisi"

Toshkent viloyati. 2021 yilning 20 mart kuni soat 21:30 larda 26 yoshli Muxriddin B., mast holatda Quyichirchiq tumani Ko‘ksaroy MFY., hududida  36 yoshli Baxramjon R., bilan o‘zaro janjallashib, bilyard tayog‘i bilan uning bosh qismiga urib jarohat yetkazgan. Natijada Baxramjon R., bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida Baxramjon R., og‘ir turdagi tan jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Muxriddin B., va Baxramjon R., lar hech bir sababsiz janjallashib qolganliklari, ularning ikkalasi ham mast holatda bo‘lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muxriddin B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,l” bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, yaʼni bezorilik oqibatida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib ) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech