Tanishining suratini tarqatgan qiz endilikda sud oldida javob beradi
Andijon viloyati. Marhamat tumani IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 25 yoshli Nazokat T., ariza bilan murojaat qilib, tanishi 25 yoshli Moxiraxon T., uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish maqsadida uning surati ustiga go‘yoki “Nazokat 50 000 so‘m evaziga fohishalik bilan shug‘ullanadi” degan mazmunda yozuv, telefon raqami ko‘rsatilgan suratni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ining 1200 nafar obunachisi bo‘lgan guruhga joylab, tarqatib yuborishi natijasida uning shaʼni va qadr qimmatini kamsitgan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Moxiraxon T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “G” bandi (Tuhmat, yaʼni g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda bila turib shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayb eʼlon qilingan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi tegishli tartibda tuman sudiga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti