O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mehmondo‘st shaharlik...

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 29 mart kuni soat 19:00 lardaMuhammadali” ismli shaxs va sheriklari Farg‘ona shahriga Rishton tumanidan o‘qishga kelgan 21 yoshli Sanjarbek A., bilan tanishib, uni Toshloq tumanidagi tashlandiq joyga aldab olib borib, uni urib do‘pposlab narxi 2 100 000 so‘mlik “RedMi Note-8” rusumli telefon apparatini talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan 16 yoshli Muhammadamin T., 14 yoshli Tamir D., 19 yoshli  Mirkomil Q.,lar sodir etganliklari aniqlanib, Muhammadamin T., Sanjarbek A., bilan tanishib uning soddaligidan foydalanib, qo‘lidagi qimmatbaho telefon apparatini qo‘lga kiritish maqsadida uyidagi ishlariga yordam berib yuborishini aytib, uni qarovsiz dalaga olib borib ushbu jinoyatni sodir qilganliklari maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muhammadamin T., Tamir D., va Mirkomil Q.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-modasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech