O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Qorasuv”dagi xonadonda kannabis yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi

Toshkent viloyati. 2021 yilning 23 mart kuni soat 10:45larda Yuqorichirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan giyohvandlikka qarshi o‘tkazilgan tezkor-tadbirda Yuqorichirchiq tumani “Qorasuv” mahallasida yashovchi 51 yoshli Oybek M., ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan vaqtda, xonadon tomorqasida parvarish qilib kelinayotgan “nasha” giyohvandlik o‘simligiga o‘xshash bo‘lgan 32 tup o‘simlik hamda molxona binosi shifti orasida qora rangli polimer paketida quruq xoldagi o‘simlik to‘pgullari, barglari borligi aniqlanib xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Oybek M., ning xonadoni tomorqasidan olingan 32 tup o‘simlik “kannabis” o‘simligi hamda qora rangli polimer paketdagi quruq holdagi vazni 8.12 gramm o‘simlik “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Oybek M.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni, yaʼni kannabis o‘simligini qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish) va 276-moddasi 1-qismi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash va saqlash ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech