O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sigareta ichida giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkent shahri. 2021 yilning 29 mart kuni Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qushbegi mavzesida joylashgan “Dunyo” restorani oldida 23 yoshli Baxriddin A., to‘xtatilib uning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan vaqtda, 7 dona “Parlament” sigaretalariga qo‘lbola usulda o‘ralgan o‘ziga xos o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. 

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida, Baxriddin A.,dan olingan 7 dona sigaretalarda jami vazni 2.71 gramm nikotin va ADB-BUTINACA giyohvandlik moddasi o‘ralgan holda ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Muallif: Yakkasaroy tumani IIO FMB TB

tahlil va nazorat bo‘linmasi katta tergovchisi

Sh.A.Mirkarimova

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech