O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ikki kishi hayotini olib ketgan YTH

Jizzax. 2020 yilning 29 aprel' kuni soat 18:00 da Paxtakor tumani hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” yo‘nalishli M-39 yo‘lining 967-kilometrida haydovchi 25 yoshli B.E. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinani “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.

Natijada B.E., ning o‘zi va avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida vafot etiganlar.
Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar: 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. lar tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech