Guyoki kasallikni davolash uchun ekilgan “ko‘knor” o‘simligi aniqlandi
Samarqand. 2020 yilning 28 aprel kuni soat 11:20 da IIB xodimlari tomonidan Kattasaydov MFY qishlog‘ida yashovchi B.Z., ning yashash xonadoni tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, uyning tomorqa qismida 2 kvadrat metr yer maydonida 108 tup “ko‘knori” giyohvandlik o‘simligi aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.Z. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan, B.Z. o‘z ko‘rsatmalarida ushbu taqiqlangan ekinni bir necha yildan buyon “bronxial astma” kasalligi borligi uchun kelgusida o‘zini iste'moli uchun ekib parvarishlab kelganligini bayon qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti