Buxoroda YTH, 2 kishi vafot etdi
Buxoro. 2020 yilning 29 sentyabrь kuni soat 07:30 da 30 yoshli S.J., boshqaruvida boʼlgan “Nexia” rusumli avtomashinani Jondor-Buxoro yoʼnalishi boʼyicha boshqarib borib, Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” MFY hududidan oʼtuvchi 4R-72 avtomobil yoʼlining 8 km. da, avtomashina boshqaruvini yoʼqotib, yoʼlning harakat yoʼnalishi boʼyicha oʼng tomonida joylashgan beton toʼsiqqa avtomashina old qismi bilan urilishi oqibatida avtomashina bir necha marotaba agʼdarilib aylanib ketib, yoʼl transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada avtomashinada boʼlgan yoʼlovchilar turmush oʼrtogʼi 29 yoshli B.X., hamda uning voyaga yetmagan farzandi 7 yoshli K.T., lar hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, yoʼllarda harakatlanganda belgilangan yoʼl-harakati qoidalariga hamda oʼzingizning shaxsiy xavfsizlingizga rioya qiling.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti