Yordam niqobi ostidagi firibgarlik
Namangan viloyati. Joriy yilning mart oyida Yangi Namangan tumani Tabarruk ko‘chasida yashovchi 37 yoshli T.M. (ayol) o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, tanishi Namangan shahar O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi 48 yoshli I.N.ni (ayol) ishonchiga kirib, o‘zini Namangan viloyati IIB YXXBda hisobchi lavozimida ishlab kelayotganligini aytib aldab, unga dastlab nogiron farzandi uchun davlat hisobidan 44 000 000 so‘m moddiy yordam puli olib berishini aytib, buning uchun avvaliga 7 000 000 so‘m, keyinchalik esa kuyovini ichki ishlar organlariga haydovchi sifatida ishga kirgizib qo‘yishda yordam berishini evaziga 400 AQSH dollari va 750 000 so‘m miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan vaʼdasini bajarmasdan ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti