O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Finka pichog‘i”  

 

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 24 fevral kuni soat 17:20 larda 19 yoshli Bexro‘z O., Qo‘qon shahri Muqimiy shaharchasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida tanishi voyaga yetmagan 16 yoshli  Aʼzam A., bilan bir-birini haqorat qilishlari oqibatida Aʼzam A.,ning ko‘krak sohasiga “finka pichog‘i” bilan urib tan jarohati yetkazgan. Natijada Aʼzam A., shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bexro‘z O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech