O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ish beruvchining aybi deb voyaga yetmaganning qo‘li dastgohda qolib ketdi   

 

Toshkent shahri. 2021 yilning 15 yanvar kuni soat taxminan 22:00 da Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan qandolat ishlab chiqarish sexida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi voyaga yetmagan 16 yoshli Baxtishod D.,ga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan vaqtida qandolat mahsulotlarini bo‘laklarga bo‘lish uchun mo‘ljallangan dastgohga qo‘li kirib ketishi natijasida “o‘rtacha og‘ir” tan jarohati olgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu qandolat ishlab chiqarish sexida ish beruvchi 55 yoshli Xayrulla R., voyaga yetmagan Baxtishod D. bilan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazmaganligi hamda bilim saviyasini tekshirish ishlarini tashkil etmaganligi, texnik xavfsizlik qoidalarini tushuntirmaganligi  aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi Sh.Z.Saʼdullayev tomonidan Xayrulla R.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech