O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Arzon narxda “auksion”dan boylik orttiraman deb 56 000 AQSH dollaridan ayrilishdi  

 

Toshkent shahri. 2020 yilning 06 yanvar kunidan 2020 yilning noyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, 26 yoshli Parviz X., o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan yoqilg‘i quyish shahobchasi oldida tanishlari 39 yoshli Anvar P., va 48 yoshli Ulug‘bek A.,larga go‘yoki o‘zini “e-auksion”da ishlashini, tanishlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan xatlangan va auksionda o‘ynaladigan avtomashina, yer, do‘konlarni olib berishini vaʼda qilib, Anvar P.,dan 55 000 AQSH dollar va Ulug‘bek A.,dan   1.000 AQSH dollar pul mablag‘larini olib bergan vaʼdasini bajarmagan. 

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Parviz X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Parviz X.,ni ushlash choralari ko‘rilmoqda, tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech