O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Firibgarlikni kasb qilib olgan ayol endilikda qonun oldida javob beradi

Qashqadaryo viloyati. 2022 yil 23 mart kuni G‘uzor tumanida yashovchi 42 yoshli B.R. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 2 fevral kuni G‘uzor tumani “Avg‘onbog‘” mahallasida yashovchi 34 yoshli R.Sh. yashash uyidagi yog‘och va taxtalarni arzon narxlarda unga sotishini aytib, oldindan 2.200.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, yog‘ochlarni unga emas, boshqa shaxsga sotib yuborganligini maʼlum qilib, R.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, G‘uzor tumani “Xo‘jaguzar” mahallasida yashovchi 26 yoshli S.S. ham tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda tilla ziraklarini sotmoqchi ekanligini eshitgan 34 yoshli R.Sh. 2021 yil 14 noyabr kuni uning yashash uyiga kelib, 3 kun ichida tilla ziraklarini 1.500.000 so‘mga sotib berishini aytib, ushbu ziraklarni aldab olib ketib, shu kunga qadar bergan vaʼdasini bajarmasdan, ziraklarni ham qaytarib bermaganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech