O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Talonchi qo‘lga olindi

2018 yil 5 sentyabr kuni soat taxminan 22:00da fuqaro B.N. Toshkent shahar Sergeli tuman hududida O.P. ismli ayolning qo‘lidan bahosi 1.505.000 so‘mlik “Redmi Note 5A” rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida B.N. ushlanib, undan telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi ya’ni o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech