O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Guruh guruh boʼlib janjallashishning oqibati pichoqbozlik bilan yakunlandi

Аndijon. 2020 yilning 17 sentyabrь kuni soat 13:20 da Marhamat tumani Qoʼrgʼoncha MFY oʼramida joylashgan jamoat joyi hisoblangan Qoʼrgʼoncha koʼchasida 39 yoshli M.O. va 31 yoshli B.O.,lar bir guruhga birlashib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, muqaddam oʼrtalarida boʼlib oʼtgan pul oldi-berdi masalasida, 54 yoshli M.D., 31 yoshli J.D. va 17 yoshli J.R., lar bilan oʼzaro janjallashib, hech bir sababsiz, qoʼlida boʼlgan oʼtkir tigʼli jism bilan ularga turli koʼrinishda tan jarohatlari yetkazishgan.
Hodisa joyidan 2 dona xoʼjalik pichogʼi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. M.O. va O.B., lar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech