O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ayolning shaʼnini bulg‘amoqchi bo‘ldi-yu, ammo...

Xorazm viloyati. Viloyat IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 32 yoshli Shahnoza N., ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 31 yoshli Feruzbek B., u uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan videotasvirlarni yaqin qarindoshlariga ko‘rsatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1 500 AQSH dollar va “Samsung Gallaxy S 20” rusumli telefon apparati berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib, 2021 yilning 16 mart kuni soat 20:00 da Urganch shahri A.Temur ko‘chasida Feruzbek B., 1 500 AQSH dollar va “Samsung Gallaxy S20” rusumli telefon apparatini Shahnoza N.,dan tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Feruzbek B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech