Mirobod dehqon bozorida bankomatni ochishga uringan o‘g‘ri ushlandi
Toshkent shahri. 2021 yilning 15 mart kuni soat 02:00da nomaʼlum shaxs Mirobod tumani “Mirobod dehqon bozori” hududida joylashgan “Xalq banki” ATB Mirobod tumani filialiga qarashli bo‘lgan “Uzcard NCR 6622” rusumli bankomatni o‘zi bilan birga olib kelgan temir jism bilan ochib, seyf ichida bo`lgan 82.080.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida bankomat ichiga joylashtirilgan seyfni buzmoqchi bo‘lib, lekin buzishni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmasdan hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 26 yoshli Kamoliddin E., sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kamoliddin E.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “v” bandi (O`g`rilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti