O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Loto” o‘yini deb fuqaro 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Samarqand viloyati. 2021 yilning 01 aprel kuni soat 20:30 larda viloyat IIB JQB va DXX xodimlari tomonidan Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashovchi 43 yoshli J.Xurshid o‘zining yashash xonadonida qimor va tavakkalchilikka asoslangan “LOTO” o‘yinini qonunga xilof ravishda tashkil qilib kelayotganligi aniqlanib, hodisa joyidan “LOTO” o‘yinida ishtirokchilar tomonidan tikilgan va ularning o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi evaziga berilgan jami 298 000 so‘m pullar, o‘yinda ishlatilgan va zaxiradagi jami 235 dona toshlari, 790 dona ushbu o‘yinda foydalanish uchun mo‘ljallangan 50 so‘mlik tangalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.Xurshidga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech