O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Internet ijtimoiy tarmoqlarida “Аsakada pichoqbozlik-mi?” nomli videolavha yuzasidan


Аndijon. 2020 yilning 22 iyun kuni soat 10:00 da 25 yoshli S.N. Аsaka tumani Beruniy MFY hududida joylashgan “Sulton Saroy” kafesi oldida tanishi 25 yoshli D.O., ga tanish qizga nima uchun qoʼngʼiroq qilganligini soʼrab, u bilan oʼzaro janjallashib, janjal vaqtida S.N. yonida boʼlgan xoʼjalik pichogʼi bilan D.O., ning oʼng orqa koʼkrak sohasiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat Аsaka tumani IIB ning jinoyat haqidagi hodisa va xabarlar roʼyxatidan oʼtkazilib, hodisa joyiga tuman IIB tergov-tezkor guruhi aʼzolari chiqqan, hodisa joyi koʼzdan kechirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida S.N., dan bir dona xoʼjalik pichogʼi hamda D.O., ni hodisa vaqtida egnida boʼlgan ustki kiyimlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Sudga oid ekspertiza xulosasiga koʼra, D.O. «OʼRTАChА» ogʼir turdagi tan jarohati olganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Аsaka tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (badanga oʼrtacha ogʼir shikast yetkazib, sovuq qurol yoki kishining sogʼligʼi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin boʼlgan narsalarni (qurol sifatida) qoʼllash bilan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. S.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech