O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yangibozorda o‘g‘rilik...

Toshkent viloyati. 2021 yilning 21 fevral kunidan 22 fevral kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxslar  Yuqorichirchiq tumani Yangibozor dehqon bozori hududida joylashgan maishiy xizmat va aksessuarlar savdo do‘konining kirish eshigining qulfini buzish yo‘li orqali kirib, u yerda bo‘lgan 32 yoshli Sherali B.,ga tegishli jami 59 080 000 so‘mlik aksessuar buyumlarni o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari jarayonida, ushbu jinoyatni 11-sinf o‘quvchisi 18 yoshli Ibrohim M., va voyaga yetmagan 9-sinf o‘quvchisi 16 yoshli Og‘abek U.,lar sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlanib, bir nechta aksessuar buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ibrohim M., va Og‘abek U.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, v, g” bandlari (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech