Huquq tartibot idoralarining chora ko‘rishini kutib tura olmagan “zo‘ravon”lar endi 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi (“kesilishi”) mumkin
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 03 mart kuni soat 12:30 larda 18 yoshli Ayubxon A., voyaga yetmagan 16 yoshli Abubakr R., bilan Qo‘qon shahri O‘rda tagi ko‘chasida joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab internat binosi oldida, tanishi voyaga yetmagan 17 yoshli Abdulloh M., bilan kelib chiqqan janjal oqibatida, qo‘lidagi “kapalak pichoqcha” bilan ko‘krak qafasiga jarohat yetkazganlar.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatning kelib chiqishiga 2021 yilning 20 yanvar kuni Abdulloh M., Ayubxon A.,ning qarindoshi Muhammadrizo X.,ga tegishli “Samsung S 9” rusumli uyali telefon apparatini olib qo‘yib, kim orqali ushbu telefon apparatini qaytarib berganligini so‘rab janjallashib qolganliklari, ushbu holat bo‘yicha Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa-da, unga nisbatan tan jarohati yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Ayubxon A., va Abubakr R.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “k,l” bandlari (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxslar 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti