O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘lda daraxt chiqib qoldi...

Navoiy viloyati. 2021 yil 14 dekabr kuni 43 yoshli R.R. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 12 dekabr kuni soat 20:00 larda o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 31 yoshli A.Z. bilan birgalikda o‘ziga tegishli “Jentra” rusumli avtomashinasida Qiziltepa tumani “To‘dakul” dam olish maskaniga borishganligini, u yerda birgalikda ovqatlanishganligi, spirtli ichimlik ichib, mast holatda uxlab qolganligidan foydalangan tanishi A.Z, unga tegishli bo‘lgan “Jentra” rusumli avtomashinasini dam olish maskanidan olib qochib ketganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda hamda A.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida R.R.,ga tegishli “Jentra” rusumli avtomashina Buxoro shahridagi “Buxoro trans StandMCHJ jarima maydonchasida nosoz bo‘lgan holatda turganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan A.Z.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Z. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha A.Z. uyiga ketish uchun R.R.,dan avtomashina kalitini so‘ramasdan olib, Vobkent tumani “Xar-xush” mahallasidan o‘tgan yo‘lda avtomashinani boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilganligi, so‘ngra qo‘rqib ketganidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech