O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kaklik uchun vujudga kelgan janjal

Qashqadaryo. 2020 yilning 31 dekabr kuni soat 17:30 larda Kitob tumani “BashirMFY Aliqushchi qishlog‘ida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli Bunyod J. qishloqdoshi voyaga yetmagan 17 yoshli Sunnat I. bilan uning uyini oldidagi ko‘chada o‘zaro tortishib qolib, unga “Nega men kaklik ushlash uchun qo‘ygan qopqonimni olib qo‘yding”-deb o‘zaro janjallashib qolib, voyaga yetmagan Sunnat I. qishloqdoshi voyaga yetmagan Bunyod J.,ni yerga yiqitib, uning ustiga chiqib olib qo‘llari bilan urayotgan vaqtida, Bunyod J. jaxl ustida egnidagi shimining chap cho‘ntagida bo‘lgan pichoqni (korcha) Sunnat I.ning o‘ng ko‘krak qafasiga bir marta va chap ko‘krak qafasiga ikki marta  sanchib olib og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Kitob tumani Tibbiyot birlashmasining maʼlumotnomasiga ko‘ra, Sunnat I.,ning o‘ng ko‘krak qafasiga bir marta teshib kirgan sanchilib kesilgan va chap ko‘krak qafasiga ikki marta sanchilib kesilgan jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasida tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan Bunyod J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida Bunyod J, gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech