Koreyaga ishga ketish uchun pul bergan fuqarolarning umidi puchga chiqdi
Namangan viloyati. 2022 yil 6 mart kuni Chortoq tumani Yaxshi-niyat ko‘chasida yashovchi 45 yoshli M.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning fevral oyida 46 yoshli O.J. uning va yana 20 nafardan ortiq fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Rossiya Federatsiyasi orqali Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, jami 6.200 AQSH dollari pullarini aldov yo‘li bilan olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, turli bahonalar qilib, olgan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborganligini maʼlum qilib, unga nisbatan tegishli chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro O.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘zingizni xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘zingizni qo‘lingizda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti