Mast holdagi shaxs uchun ochiq qolgan avtomashina ayni muddao bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati. 2021-yil 30-noyabr kuni 29 yoshli T.M. Qashqadaryo viloyati “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, unda shu kuni soat 20:50 larda, o‘ziga tegishli bo‘lgan oq rangli “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani «X.Do‘stligi» mahallasi hududida joylashgan dorixonaga kelib, avtomashina eshiklarini qulflanmasdan va kalitini o‘t oldirish joyida qoldirib, 1-2 daqiqaga kirib ketganligidan foydalanib nomaʼlum shaxs avtomashinasini olib qochib ketganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli, avtomashina Kitob tumani «X.Olimjon» mahallasi hududida ushlanib, transport vositasini 42 yoshli E.N. spirtli ichimlik ichgan holatda boshqarib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, moddiy boyliklaringizga befarq bo‘lmang, avtomashinani qulflanganligiga ishonch hosil qiling va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmang.
Muallif: Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi
katta tergovchisi mayor F.Q.Salohov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti