O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“Mega”ning oldida yurgan talonchilar

Toshkent shahri. 2021 yilning 25 fevral kuni soat 22:30 larda nomaʼlum shaxslar Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan “MEGA PLANET” savdo majmuasining oldidan o‘tib ketayotgan 23 yoshli Qodirjon D.,ni to‘xtatib, undan narxi 200 AQSH dollarlik “Redmi note 5 pro” rusumli uyali telefon apparatini bir marotaba qo‘ng‘iroq qilib olish uchun so‘rab olib, ushbu uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan qochib ketganlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 23 yoshli Jasur G‘., 24 yoshli Otabek I., va 20 yoshli Jasurbek I., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

 

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech