Meksikadan AQSHga devor osha...
Samarqand viloyati. Samarqand tumani “Shalgamon” mahallasida yashovchi 48 yoshli S.D. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, unda 31 yoshli D.A. uni, uning 38 yoshli dugonasi U.N.,ni hamda 40 yoshli tanishi D.F.,larni noqonuniy yo‘llar bilan Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga o‘tkazib berishini aytib, har biri uchun 20.000 AQSH dollaridan hisoblab, jami 60.000 AQSH dollar pul evaziga ushbu harakatlarni amalga oshirib berishini vaʼda qilganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu murojaat yuzasidan, 2022 yil 24 yanvar kuni soat 17:00 larda Samarqand shahar Universitet xiyoboni ko‘chasida joylashgan “Zilol Baxt” mehmonxonasining oldida, Samarqand viloyat IIB JQB UJQKB va O‘zbekiston Respublikasi DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, fuqaro D.A. S.D.,dan firibgarlik yo‘li bilan 60.000 AQSH dollarini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan hodisa joyida ushlanib, undan 60.000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti