Bezorilikni oldini olmoqchi boʼlgan shaxsning oʼziga nisbatan tan jarohati yetkazildi
Toshkent viloyati. 2020 yil 16 iyunь kuni soat 18:00 da 38 yoshli X.А., spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda Аngren shahri Qorabogʼsoy koʼchasida joylashgan “Navroʼz” kafesi oldida, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensinmasdan, 60 yoshli E.M., bilan hech bir sababsiz janjallashib, bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini koʼrmoqchi boʼlgan 20 yoshli Yu.F., ga qarshilik koʼrsatib, uning yuz va badanining turli qismlariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada Yu.F., olgan tan jarohatlari bilan shahar markaziy tibbiy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.F. “engil” tan jarohatlari olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Аngren shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan X.А.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti