O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

AQShga “VIZA” olib beruvchi firibgar 2 nafar fuqaroni chuv tushirdi.

Samarqand. 2019 yilning 02 iyun' kuni 30 yoshli X.X. fuqaro 48 yoshli B.X.ni AQSh davlatiga ishga yuborish uchun «GreenCard» lotareya o‘yinida yutib, 6 oy ichida VIZA olishga va'da berib, aldab B.X.dan 5.800 AQSh dollari miqdorida pullarni olgan va bugungi kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni ehtiyojiga sarflagan.

Bundan tashqari, X.X. Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni ham shu usul bilan aldab ishonchiga kirib, 2019 yil 29 iyul' kuni 2.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmagan.
Shu tariqa X.X. jabrlanuvchilarga jami bo‘lib 8.300 AQSh dollari miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, Sizning firibgarlarga aldanib qolishingizni oldini olish maqsadida, chet elda ishlash masalasida rasmiy idoralarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech