Payariqda mol bozordagi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi janjal.
Samarqand. 2020 yil 13 yanvar' kuni taxminan soat 08:30larda 27 yoshli F.M. Payariq tumanidagi “mol bozori”da 25 yoshli U.I. ga qoramol sotayotgan vaqtida uning narxi yuzasidan tortishib o‘zaro janjallashib qolishib, qattiq jism bilan U.I.ni bosh qismiga zarb bilan urishi natijasida U.I. tan jaroxati olgan va Payariq tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, U.I. “og‘ir” tan jaroxatlari olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yil 23 yanvar' kuni Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. F.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti